Fransiyalik afsonaviy aktrisa Mishel Morgan 96 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligiga asoslanib Kun.uz sayti.
Aktrisaga jahonshumul shuhratni "Tumanlar sohilbo‘yi" (1938) filmidagi Nelli roli keltirgan, u bu filmda Jan Gaben bilan birga suratga tushgan. Mutaxassislar Morganni kinematograf tarixidagi "eng chiroyli ko‘zlar" sohibasi deb atashgan.
"Kinematografning eng chiroyli ko‘zlari seshanba kuni, 20 dekabrda, hayotining 97-yilida abadiy yumildi", deyildi xabarda.
Aktrisa Kann kinofestivalining eng yaxshi ayol rol uchun mukofoti (1946), kinematografdagi buyuk xizmatlari uchun "Sezar" (1992) va "Oltin sher" (1996) mukofotlarini olgan. 1960 yilda Morgan Gollivuddagi "Shon-shuhrat xiyoboni"da o‘zi sharafiga yulduz bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi