Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvarsenegger o‘ng oyog‘ini sindirib oldi. Artist ABC News telekanalida efirga uzatiluvchi Live with Kelly teleko‘rsatuviga maxsus tibbiy poyabzalda kelgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
"Shunchaki pedikyur vaqtida biroz shikastlab oldim", deb hazil javob bergan aktyor boshlovchining savoliga. Shvarsenegger ortiqcha zo‘riqishdan hosil bo‘ladigan stress sinishi deb ataluvchi jarohat olganini aytdi.
"Balki bu chang‘ida uchganimdandir, balki ko‘p marta o‘tirib-turish mashqlarini bajarishim yoki yugurishdandir. Biroq bu kimni ham tashvishlantirardi?", deb aytgan aktyor. 69 yoshli aktyor bu jismoniy mashqlarga ko‘p vaqt sarflaganini ta’kidlab o‘tgan.
Shvarsenegger shifokorlar unga bir necha hafta davomida tibbiy poyabzal kiyib yurishni tavsiya qilishganini, biroq u "bu oyoq kiyimni juda tez chang‘i poyabzaliga almashtirish niyatidaligini" aytgan. Boshlovchilar ham o‘z navbatida aktyorning oyog‘idagi poyabzal "terminatorlarga xos ko‘rinishini" aytib hazillashishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi