9 562
Toshkentda bo‘ladigan «Prezident archasi»ning eng arzon chiptasi 35 ming so‘mdan sotuvga chiqdi
Yangi yil kirib kelishi arafasida Toshkent shahridagi «Turkiston» san’at saroyida «Prezident archasi» teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etilishi an’anaga aylangan. An’anaga sodiq qolgan holda, bu yil ham 29–30 dekabr kunlari «Prezident archasi» teatrlashtirilgan konsert dasturi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Daryo».
Xabarda ta’kidlanishicha, chiptalar 35, 40, 45 ming so‘mdan «Turkiston» san’at saroyi kassalarida sotuvga chiqqan. Taklifnoma bilan kelgan bolalarga «Prezident sovg‘asi» hadya qilinadi, konsertga chipta xarid qilib kirgan bolalarga esa sovg‘a berilishi uchun ota-onalar qo‘shimcha pul to‘lashi lozim.
Ushbu konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi hamkorligida taqdim etiladi.
Bolajonlar uchun «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan musiqiy dastur namoyish etiladi. Shuningdek, tadbirga taklif etilgan bolalarga «Prezident sovg‘asi» Lola Karimova-Tillaeva boshchiligidagi «Sen yolg‘iz emassan» xayriya jamg‘armasi tomonidan topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi