15 297
«Ummon»chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi
Telegram messenjerida «Ummon» guruhi a’zosi Zohid Rixsiev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqatildi.
Tarqatilgan xabarlarda Zohid Rixsiev 30 noyabr kuni soat 11:30 da avtohalokatga uchragani va vafot etgani yozilgan.
Telegram’da tarqatilgan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad «Ummon» guruhining ma’muri Doniyor Alimuhamedovga murojaat qildi.
E’tiborli tomoni, Telegram’dagi xabarlarga ilova qilingan suratlarda boshqa bir xonanda — Alijon Isoqovning yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashinasi aks etgan (bu YTH haqida avvalroq xabar berilgan edi).
«Bu mish-mish bir necha kundan beri Telegram’dagi guruhlarda aylanib yurganidan xabarimiz bor. Xudoga shukr, ‘Ummon’ guruhidagi barcha yigitlar sog‘-salomat. Telegram’da tarqatilgan xabarlar uydirmadan boshqa hech narsa emas», — dedi «Ummon» guruhi ma’muri. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi