Sherali Jo‘raev bilan suhbat: “O‘zbegim” ashulasining yaratilish tarixi…
– Sherali aka, kӯpchilik muxlislarimizga ham qiziq bӯlsa kerak. Keling, ӯsha mashhur “Ӯzbegim” qӯshig‘ini tarixi haqida gapirib bering.
“- Bu qӯshiq yaralganiga, roppa-rosa 30 yil bӯldi. Ӯshanda men talaba edim. Andijondan kelib, san’atni ӯrganamiz deb, ter tӯkib yurgan kezlarim edi. 3-4 sӯm topish ilinjida tӯylarga chiqardim. Albatta, ӯsha paytning mashhur “otarchi”lari bilan birga. Bir kuni Toshkentning dongdor boyvachchalaridan birining tӯyiga boradigan bӯldik. Kiyimim ӯsha-ӯsha, boyvachchami, kambag‘alni tӯyimi, bir xil kiyinib boraman. Chunki, boshqa kiyimimni ӯzi yӯq edi-da.
Xullas, tӯyga bordim. Tӯy avjida, taniqli shoir Erkin Vohidovga tabrik uchun sӯz berishdi. Erkin aka tabriklab bӯlgach, chӯntagidan bir varaq qog‘oz chiqardilar-da, ӯzlarini yangi yozgan she’rlarini ӯqiy boshladilar.
Shoir she’r ӯqirdi, yuragim esa uni kuyga solib qӯshiq qilardi, gӯyo.
Ayniqsa, she’rdagi “QAYGA BORMAY BOShDA DӮPPIM… ” degan satrlari yurak yuragimga kirib bordi.
Birozdan sӯng, Erkin akani oldilariga bordim.
– Assalomu alaykum, Erkin aka! Shu she’ringizni kӯchirib olsam maylimi?
– Bemalol uka, kӯchiraqoling.
Men san’atkorlardan qalam topdimu, qog‘oz topolmadim. Shu payt xayolimga kelgan fikrdan ӯzim ham quvonib ketdim. Qӯlimdagi ruchka bilan Erkin akani oldilariga chopdim.
– Bering, kӯchirib olaman.
Erkin aka, she’r yozilgan qog‘ozni berayaptilaru, biroq hayron. Qӯlimda qog‘ozim yӯqligi, u kishini taajubga soldi, shekilli.
Men esa oppoq kӯylagimning etagini shimimdan tortib chiqardim-u, kӯylak etagiga she’rni kӯchira boshladim. Erkin akaning taajjublari yanayam oshib borar, men esa tezroq she’rni kӯchirib olishga oshiqardim. Yigirma daqiqalardan sӯng, “ӮZBEGIM” she’ri meni oppoq kӯylagimga bitildi.
Erkin akamga rahmat aytdim-u, yotoqxonamga qarab chopdim. Ӯsha kuni ertalabgacha mijja qoqmay, she’rni kuyga solib, xirgoyi qilib chiqdim.
Oradan bir oycha vaqt ӯtib, qӯshiq tayyor bӯldi”.
Sherali akaning suhbati meni ӯziga rom etib qӯyganday edi, nazarimda. Xuddiki, ӯsha tӯyda men ham borman, hofiz bilan ertalabgacha, kuyni birga bastalagandayman.
Boshqa savol berib, hofizni chalg‘itishni istamadim.
– Sherali aka, keling shu qӯshig‘ingizni jonli aytib bering!
– Xӯp bӯladi.
Studiya devorlarida Sherali hofizning ӯktam ovozi jarang sochdi. Torgina studiya titrab ketganday bӯldi, gӯyo!
Kӯzlarimni yumib, qӯshiqqa jӯr bӯlardim, ӯzbek san’atining ShOH QӮShIG‘IGA!
(Suhbat 2001 yili ӯtkazilgan.)
ӮLMASBEK SAMARQANDIY
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi