2010 yildan 2016 yilgacha bozordagi narx tendensiyasini tahlil qilgan McKinsey kompaniyasi o‘tgan davr mobaynida akkumulyatorlar bahosi 80 foizga tushganini ma’lum qildi.
Hozir akkumulyator narxi uning kVt•soatiga bog‘liq. McKinsey konsalting kompaniyasining ekspertlari elektromobildagi batareyaning bir kVt•soati narxi 230 dollarga to‘g‘ri kelayotganiga urg‘u berdi. Bunga asoslanib, oddiy avtomobil va elektromobil bahosi orasidagi farq taxminan 14 ming dollarga tenglashganini hisoblash mumkin. Elektromobillarning o‘rtacha batareya sig‘imi 60 kVt•soatga teng.
Hozir, asosan, litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarilmoqda. Soha ekspertlari kelasi o‘n yillikda kompaniyalar litiy-oltingugurtli akkumulyator ishlab chiqarishga o‘tishini bashorat qilyapti. Natijada batareyalarning sig‘imi ortadi, elektromobillarning bahosi pastlaydi, deb yozadi Carzone sayti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi