23:42 / 22.12.2016
6 422

Xitoyda mashinistsiz metro ochildi

Xitoyda mashinistsiz metro ochildi

19 dekabr kuni Xitoyning Syangan shahrida Nangandao liniyasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Bu Xitoydagi haydovchi kabinasisiz, to‘la avtomatlashtirilgan tizimli birinchi metro poezdidir. Eng muhimi, ilg‘or texnologiya bilan jihozlangan poezdni to‘laligicha xitoylik injenerlarning o‘zi yaratgan. Poezd muallifi “CRRC Changchun Railway Vehicles Company Ltd” kompaniyasidir.

Nangandao liniyasining sharqiy qismi 28 dekabrdan rasman foydalanishga topshiriladi. Liniya 10 poezdni (30 vagon) o‘z ichiga oladi. Poezdlar tezligi soatiga 80 km. Poezdning harakatlanishi, nosozliklarni aniqlashi va tozalanishi avtomatlashtirilgan.

Gapni uzoqdan boshlaydigan bo‘lsak, bu Xitoyda o‘zi boshqariladigan poezdlarning to‘rtinchisidir. Birinchisi 2010 yilda Guanchjouda ishga tushirilgan (uzunligi 4 km), ikkinchisi Pekinning aeroekspressi, uchinchisi Shanxay metrosining o‘ninchi liniyasidir. Ammo mutaxassislarning aytishicha, bu uchchala poezdni to‘la mustaqil deb bo‘lmaydi. Chunki ko‘pgina elementlari avtomatlashtirilganligi bilan boshqarish uchun baribir mashinist kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda mashinistsiz metro ochildi