Kiotoda joylashgan Green Lord Motors (GLM) kichik yapon firmasi avtomobil elektronikasi, elektromotor, akkumulyator va dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. GLM mustaqil tarzda elektromobil ishlab chiqarishga qurbi etmaydi. Shu bois gollandlarning Savage Rivale firmasi bilan hamkorlikda GLM-G4 superkarini tayyorlashni maqsad qildi. Golland firmasi bir necha yil muqaddam to‘rt eshikli Savage Rivale Roadyacht GTS sportkarini ishlab chiqarishga uringan edi.
Dastlab, avtomobilga Chevrolet Corvettening benzinli motorini qo‘yish rejalashtirildi, ammo yapon hamkorlar uni elektromobilga aylantirish taklifini berdi. Shunday qilib, gollandlar mashina shassisi, kuzovi va salonini, yaponlar esa elektrlashtirish va sotishni o‘z zimmasiga oldi. Superkar kelasi yildan seriyali ishlab chiqariladi.
GLM-G4 noodatiy kompozit kuzovli bo‘lib, eshiklari tepaga ochiladi. Elektromotorlarining jami quvvati 574 ot kuchiga teng. Soatiga yuz km tezlikka erishishi uchun 3,7 soniya etarli. Maksimal tezligi 250 km/soat. To‘la zaryadi 400 km yo‘l bosish imkonini beradi.
Yapon-golland hamkorligi mevasi kunchiqar yurtda, shuningdek, Singapur va Gongkongda sotiladi. So‘ng AQSh va Xitoy bozoriga kirib boradi. Narxi 225 ming dollardan boshlanishi kutilyapti.
Green Lord Motors firmasi avtomobildan tashqari o‘z mahsulotining lisenziyasini ham sotmoqchi. Bu, haqiqatan, qiziq reja. Superkarni ishlab chiqarishga xitoylik ishbilarmonlar mayl bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi