11:00 / 30.10.2016
10 035

Samarqand avtomobil zavodi xalqaro sanoat yarmarkasida ishtirok etdi

Samarqand avtomobil zavodi xalqaro sanoat yarmarkasida ishtirok etdi

Shu kunlarda Toshkentdagi «O‘zEkspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi hududida an’anaviy Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda “O‘zavtosanoat” AK tarkibidagi «Samarqand avtomobil zavodi» MChJ ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 31 oktyabriga qadar davom etadigan mazkur tadbirda yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Samarqand avtomobil zavodi 6 turdagi mahsulotlarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etmoqda.
Past polli LE60 shahar avtobusi, ISUZU NKR shassisi bazasidagi tez yordam avtomobili, NKR toifasidagi kam yuk ko‘taruvchi avtofurgon hamda maxsus transport vositalaridan NQR o‘t o‘chirish avtomobili va siqilgan tabiiy gaz (metan)da ishlovchi dvigatel bilan jihozlangan NPR 82L chiqindi tashuvchi avtomobili shular jumlasidandir.

Bundan tashqari Samarqand avtomobil zavodi mahsulotlari ekspozisiyasidan yangi SAZ HD 50 avtobusi ham o‘rin olgan bo‘lib, 44 nafar yo‘lovchini o‘ziga sig‘dira oladigan ushbu transport vositasida yo‘lovchilar uchun 29 ta o‘rindiq mavjud. Yangi avtobus 150 ot kuchi quvvatiga teng Evro-4 xalqaro ekologik talablariga javob beruvchi, dizel yoqilg‘ili ISUZU dvigateli bilan jihozlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Samarqand avtomobil zavodi xalqaro sanoat yarmarkasida ishtirok etdi