Nemislarning yangi Apollo Arrow superkari amerikaliklarning Scuderia Cameron Glickenhaus (SCG) firmasi ishtirokida tayyorlanadigan bo‘ldi.
SCG kompaniyasi sohibi Jeyms Glikenxaus nemis hamkasbi Roland Gumpertga yordamlashmoqchi. Bu yaqinda tashkil etilgan Apollo firmasining birinchi avtomobili bo‘ladi. “Apollo” 2013 yilda kasodga uchragan Gumpert kompaniyasi o‘rnida tashkil etilgan.
Sportkar prototipi shu yilning bahorida Jeneva avtosalonida ko‘rsatilgan. Gumpert o‘shanda avtomobilni seriyali ishlab chiqarishdan og‘iz ochmagan, chunki ko‘pdan beri moliyaviy qiyinchilikni boshdan o‘tqazayotgan edi.
Hamkor topilgach, moliyaviy tashvishlar yo‘qoldi. Bundan tashqari AQShlik biznesmen loyihaga Italiyaning Manifattura Automobili Torino kompaniyasini ham tortdi. Bu firma Apollo Arrow uchun kompozit kuzov paneli etkazib beradi. Gumpertning eski qadrdoni Audi esa ming ot kuchiga ega motor tayyorlab beradi.
Shunday qilib uzoq kuttirgan sportkar vazni 1300 kg bo‘lgani bilan yuz tezlikka 2,9 soniyadayoq erishishi ma’lum bo‘ldi. Maksimal tezligi esa soatiga 360 km bo‘lishi kutilyapti. Kelgusi yilning yozida Angliyaning Gudvud shahrida namoyish etiladi. Savdoga esa 2018 yildan boshlib chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi