12:58 / 18.10.2016
8 269

“AvtoVAZ” haftasiga to‘rt kun ishlashga o‘tadi

“AvtoVAZ” haftasiga to‘rt kun ishlashga o‘tadi

Rossiya avtomobilsozlik konserni 17 oktyabrdan boshlab to‘rt kunlik ish tartibiga o‘tishini matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Bugundan boshlab korxonada to‘rt kunlik ish rejimi joriy etiladi. Bu 2017 yilning 19 fevraligacha davom etadi. Lada Largus, Lada Xray va Renault-Nissan alyansining avtomobillarini ishlab chiqaruvchi B0 liniyasida besh kunlik rejim saqlanib qoladi”, deb yozilgan matbuot markazining xabarida. “AvtoVAZ” guruhiga kiruvchi Ijevsk avtozavodida ham besh kunlik ish tartibi saqlanib qoldi, deyiladi Carzone.uz nashri xabarida.

“AvtoVAZ” bir yil ichida to‘rt kunlik ish rejimiga ikkinchi marotaba o‘tishi. Shu yilning 15 fevralida to‘rt kunlik ish rejimi yarim yil muddatga joriy qilingan. Tabiiyki, to‘rt kun ishlagan xodimning maoshi taxminan 20 foizga qisqaradi. Biroq to‘rt ish kuniga o‘tish og‘ir iqtisodiy sharoitda ish o‘rinlarini saqlab qolishning chorasidir. Qoidaga ko‘ra ish kunlari qisqartirilganda ishchi-xizmatchilarni yoppasiga bo‘shatilmaydi.

Sentyabr oyida zavodning ishlab chiqarish liniyalari bir necha kun bekor turib qoldi. Lada 4x4ni haftada ikki kun, Lada Priorani uch kun, Lada Kalina va Grantani to‘rt kun yig‘ishdi. Bu hol avtomobillarga talab kamayib ketgani bilan izohlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “AvtoVAZ” haftasiga to‘rt kun ishlashga o‘tadi