14:09 / 13.10.2016
7 231

BMW Rossiyada sotilgan 33 mingdan ortiq avtomobilni tamirtalab deb tan oldi

BMW Rossiyada sotilgan 33 mingdan ortiq avtomobilni tamirtalab deb tan oldi

BMW avtokonsernining Rossiyadagi dileri — “BMV Russland Treyding” F25 va F26 kuzovlaridagi X3 va X4 modellariga mansub 33 mingdan ortiq avtomobilni ta’mir uchun qaytarib oladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, mashinalarda Isofix bolalar avtoo‘rindiqlari uchun tasmalarida nuqson borligi gumon qilinmoqda.

Rosstandart agentligining ma’lum qilishicha, 2010-yil avgustidan 2016-yil mayiga qadar sotilgan mashinalar ta’mirdan chiqariladi.

Tegishli komponent ta’mirdan chiqarilguniga qadar Isofix o‘rniga oddiy xavfsizlik kamaridan foydalanish tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BMW Rossiyada sotilgan 33 mingdan ortiq avtomobilni tamirtalab deb tan oldi