23:04 / 03.10.2016
8 334

Matiz Rossiya bozorini tark etadi

Matiz Rossiya bozorini tark etadi

UzDaewoo brendi o‘rnini egallagan Ravon Rossiya bozoridan subkompakt Matiz xetchbekini olib chiqishga qaror qildi. Bu haqda “Carzone” nashri xabar bermoqda.

Model Ravon’ning Rossiyadagi vakolatxonasi rasmiy saytidagi ro‘yxatda yo‘q. Matiz nima sababdan Rossiya bozorini tark etayotgani noma’lum. Ayni vaqtda, Ravon’ning ba’zi dilerlari portallarida “Matiz”ga hali ham buyurtma berish mumkin.

Rossiyada mexanik uzatma bilan hamohanglikda ishlaydigan hajmi 0,8 litr, silindrlari soni uchta, 51 ot kuchiga ega benzinli motorda harakatlanuvchi “Matiz”lar sotilar edi. Uning narxi 314 ming rubldan boshlanib, shu vaqtgacha Rossiya avtosalonlarida sotilayotgan eng arzon avto hisoblanardi.

Avvalroq Ravon “Matiz”ni yangilamoqchi ekani — unga ERA-GLONASS tizimi, xavfsizlik yostiqchalari, ABS tormoz tizimi va “avtomat” uzatmalar qutisi o‘rnatilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

“Aftidan, bu rejadan voz kechilganga o‘xshaydi. Chunki mazkur yangiliklar joriy etiladigan bo‘lsa, “Matiz”ning narxi qimmatlashadi, hozirgisidan qimmat narx bilan esa “Matiz” bozorda raqobatlasha olmaydi”, — deyiladi “Kolyosa” xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Matiz Rossiya bozorini tark etadi