08:36 / 26.02.2017
6 485

Floridada yana bir masjidga qasddan o‘t qo‘yildi

Floridada yana bir masjidga qasddan o‘t qo‘yildi

Floridaning Tampa shahridagi masjidda juma kuni qasddan yong‘in sodir etilgan. Bu Floridada olti oy ichida atayin uyushtirilgan navbatdagi yong‘indir.

Yong‘in Nyu-Tampa islom jamiyati binosida paydo bo‘lgan. Bu haqida o‘t o‘chiruvchilar tegishli idoraga xabar berishgan.

Tergovchilarning ma’lum qilishicha, barcha dalillar to‘planib bo‘lgach, yong‘in atayin sodir etilgani aniqlandi. Alanga chiqqan mahal hech ki masjid ichida bo‘lmagan, deb yozadi Kun nashri.

“Jamiyatimiz jabr ko‘rgani bizni tashvishga solmoqda, bu jinoyatning o‘sishini yanada kuchaytirishi mumkin”, - deydi Floridaning Amerika-islom munosabatlari bo‘yicha kengashning matbuot kotibi Vilfreda Amr Ruis.

Yong‘in oqibatida masjidning eshiklari, gilamlari yonib ketgan.

Hukumat qayd etishicha, eshikdan buzib kirilgan, biroq hech qanday qurol o‘qi topilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floridada yana bir masjidga qasddan o‘t qo‘yildi