AQSh davlat departamenti KXDR tashqi ishlar vazirligi xodimi Cho Son Xuga viza berishdan bosh tortdi. U Qo‘shma Shtatlarga amerikalik sobiq amaldorlar bilan muzokaralarda ishtirok etish maqsadida bormoqchi bo‘lgan, deb yozmoqda Kun nashri.
Ta’kidlanishicha, Davlat departamenti vakillari viza bermaslik bilan bog‘liq holatga izoh berishmagan. Nima sababdan rad etilganiga ham oydinlik kiritilmagan.
KXDR tashqi ishlar vazirligidagi Amerika bilan munosabatlar bo‘limi rahbari Cho Son Xu AQShga “ekspertlik diplomatiyasi” shakli doirasidagi uchrashuvga borishi lozim edi, u sobiq amaldorlar bilan, shuningdek turli tadqiqot markazlari ekspertlari bilan millatlaro mojarolarni hal qilish yo‘llarini qidirish maqsadida norasmiy muzokaralar olib borishni nazarda tutgandi.
Taxminlarga ko‘ra, AQSh hududida so‘nggi olti yil davomidagi ilk shunday maslahatlashuvlarga aylanishi kerak bo‘lgan muzokaralar Nyu-Yorkda 1-2 mart kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Davlat departamentining Shimoliy Koreya vakiliga viza bermaslik tufayli uchrashuv bekor qilindi deb hisoblanadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR etakchisi Kim Chen In bilan rasmiy ravishda uchrashishi mumkinligini ististo qilmagani haqida xabar bergandik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi