BAAdagi elita ko‘chmas mulkini qurish bilan shug‘ullanuvchi etakchi Damac Properties kompaniyasi o‘zining Dubaydagi Damac Hills loyihasida Trump International Golf Club Dubai'ni rasman ochiq deb e’lon qildi. Bu haqda "TradeArabia"ga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.
Golf-klubning ochilish marosimida nufuzli mehmonlar, shu jumladan AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning o‘g‘illari - Trump Organization ijrochi vise-prezidenti Erik Tramp va kenja Donald Tramp ishtirok etishdi.
Trump International Golf Club Dubai inshooti Sheikh Zayed Road'dan 10 daqiqalik masofada joylashgan bo‘lib, 42 million kvadrat fut maydondagi loyihaning qoq markazini egallagan.
Manbada ta’kidlanishicha, golfning yangi maydoni kutilganidan-da a’lo chiqqan. U golf maydonlarini yaratish bo‘yicha dunyoga mashhur Gil Xanz tomonidan loyihalashtirilgan. 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari ob’ektlari loyihasi ham shu inson tomonidan yaratilgan.
Damac Properties raisi Husayn Sajvoniy ochilish marosimida so‘zga chiqar ekan, shunday dedi: "Bu xalqaro golf maydoni hozirgina dunyoning eng nufuzli golf maydonlariga qatoriga qo‘shildi".
"Bu Dubaydagi ko‘p sonli diqqatga sazovor joylar safini to‘ldirib turuvchi yana bir ajoyib maskandir", - qo‘shimcha qildi u.
Tramp esa, o‘z o‘rnida shunday dedi: "Biz Dubaydagi bunday muhim hodisaning bir qismi ekanimizdan juda xursandmiz. Dubaydagi Trump International Golf Club- bizning butun dunyodagi 18 nufuzli golf maydonidan iborat kolleksiyamizni to‘ldirib turadi".
U Damac Properties bilan hamkorligidan faxrlanishini qo‘shimcha qilgan.
Trump International Golf Club ochilishi munosabati bilan katta mushakbozlik bo‘lib o‘tdi.
Damac Hills 4 mingdan ortiq hashamatli villa va 7,5 ming turar joy, golf maydoni, shuningdek mehmonxona, ajoyib do‘konlar, spa - va velnes-markazlar, ko‘ngilochar maskanlar, restoran va kafelardan iyuborat. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi