22:27 / 18.01.2017
6 682

Italiyada kun davomida 3 marta zilzila ro‘y berdi

Italiyada kun davomida 3 marta zilzila ro‘y berdi

Yangi er silkinishi Rim shahridan 106 km shimoli-sharqda 5,6 magnituda bilan ro‘y berdi. Bu haqda Evropa-O‘rta Er dengizi seysmologik markazi ma’lumotiga asoslanib Kun.uz xabar bergan.

Bu Italiya markazida 18 yanvar davomida sodir bo‘lgan uchinchi zilzila edi. Bungacha 5,6 va 5,3 balli zilzilalar kuzatilgandi.

Zilzila kuchi asosan Lasio, Marke, Abrusso viloyatlari hamda Rim shahrida sezilgan. Mutaxassislar bu zilzilalar Apennin uchun xavf solmasligini qayd etishgan.

Shu bilan birgalikda aytish kerakki, ayni vaqtda Italiyaning markaziy qismida sovuq harorat saqlanib turibdi va qor yog‘moqda. Bu esa zilzilalar vaqtida aholi hayotini va qutqaruvchilar harakatini qiyinlashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada kun davomida 3 marta zilzila ro‘y berdi