13:29 / 11.01.2017
7 104

Obama: IShID yo‘q qilinadi

Obama: IShID yo‘q qilinadi

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, uning 8 yillik prezidentlik davrida Amerika maxsus xizmatlari va harbiylari "o‘n minglab terrorchilar"ni yo‘q qilgan. Shunga ko‘ra, IShID ham yo‘q qilinadi, deb ta’kidlagan Obama.

"Biz o‘n minglab terrorchilar, jumladan, Usoma bin Lodinni o‘ldirdik. IShIDga qarshi biz etakchilik qilayotgan xalqaro miqyosdagi koalisiya ularning yarmini yo‘q qildi ham hududining yarmiga yaqinini ozod etdi", — degan Obama Chikagodagi xayrlashuv ma’ruzasida.

"IShID yo‘q qilinadi va Amerikaga tahdid soladigan hech kim xavfsiz bo‘la olmaydi", — deb qo‘shimcha qilgan prezident.

Obama 20 yanvar kuni iste’foga chiqadi, Donald Tramp AQShning yangi prezidenti bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama: IShID yo‘q qilinadi