Tishlarni shikastlangan joylarni mustaqil tarzda qayta tiklashga majbur qilish va shu tariqa, plombalardan foydalanishga chek qo‘yish mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».
Londondagi Qirollik kolleji jamoasi Tideglusib kimyoviy moddasi sichqonlarda tish pulpasidagi hujayralarni tishdagi kichik teshiklarni mustaqil ravishda davolashga majbur qila olishini aniqladi. Ushbu usul «to‘liq va samarali tabiiy tiklanish»ga olib keladi, deyiladi tadqiqot haqidagi hisobotda.
Tishlarda regenerasiya (tiklanish) qobiliyati cheklangan bo‘ladi. Agar ichki tish pulpasi ochilib qolsa, odam organizmi qalin tish to‘qimasi — dentin (bevosita emal ostidagi qatlam)dan ingichka tasma yarata oladi, ammo katta teshiklarni bunday tarzda davolab bo‘lmaydi.
Tideglusib preparati tish pulpasidagi tana hujayralari faolligini kuchaytiradi, bu sichqonlar tishlaridagi 0,13 millimetr diametrga teng teshiklarni tiklash imkonini beradi. Preparatga botirilgan eruvchan gubka tishning shikastlangan qismiga qo‘yilgan, ustidan himoya qoplamasi surilgan. Gubka parchalanib borgani sari, uning o‘rnini dentin to‘ldirib borgan va tish tuzalib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi