12:34 / 08.01.2017
6 090

Seuldan chaqirtirib olingan Yaponiya elchisi Janubiy Koreyani yaqin kunlarda tark etadi

Seuldan chaqirtirib olingan Yaponiya elchisi Janubiy Koreyani yaqin kunlarda tark etadi

Yapon okkupasiyasi vaqtida jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollarga Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Yaponiyaning bosh konsulligi ro‘parasida o‘rnatilgan ayol haykali atrofidagi vaziyat sababli ortga chaqirtirib olingan Yaponiyaning Seuldagi elchisi Yasumasa Nagamine hamda Pusandagi bosh konsuli Yasuxiro Morimoto Janubiy Koreyani 9 yanvarda tark etadilar. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga 6 yanvarda Tokio o‘zining elchisini haykalning o‘rnatilishiga javob chorasi sifatida ortga chaqirtirib olishini aytgan. "Bunday harakatlar ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz Janubiy Koreya tomoniga bu masalani tegishli tarzda hal qilishni so‘rab bir necha marotaba murojaat qilganmiz, biroq hech qanday choralar ko‘rilmagan", deb aytdi Suga.

Mojaroga sabab bo‘lgan haykal Janubiy Koreya jamoatchilik tashkilotlari vakillari tomonidan 28 dekabrda Pusanda mahalliy hokimiyat bilan kelishilmagan holda o‘rnatilgan. Biroq bu haykal shu kuni olib tashlangan. 30 dekabrda faollar shahar ma’muriyati ruxsati bilan haykalni yana yapon konsulligi yonida o‘rnatishgan. Yapon tomoni bunga qarshi chiqmoqda.

Seul ma’lumotlariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi vaqtida 200 mingga yaqin koreyalik va xitoylik ayollar yapon harbiylari bilan jinsiy aloqalarga kirishga majbur qilinganlar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Seuldan chaqirtirib olingan Yaponiya elchisi Janubiy Koreyani yaqin kunlarda tark etadi