7 587
Evropada anomal sovuq kuzatilmoqda: Noodatiy sovuq harorat 20dan ortiq kishini hayotdan olib ketdi
Evropa qit’asi mamlakatlari noodatiy kuchli sovuq haroratdan jabrlanishmoqda. Yanvar oyining birinchi kunlarida Skandinaviyadan qit’aning boshqa qismlariga sovuq havo oqimi yopirilgan. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Keyingi ikki kun davomida Evropa bo‘ylab kuchli sovuqlar tufayli 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi, ular orasida muhojirlar va uysizlar ko‘pchilikni tashkil qildi.
Polshaning o‘zida 10 kishining o‘limi qayd etilgan. Bu davlatda o‘rtacha harorat 14 daraja sovuqni ko‘rsatmoqda, ba’zi viloyatlarda esa Selsiy bo‘yicha - 20 daraja qayd etilgan.
Italiyaning markaziy va janubiy-sharqiy qismlarida ham kuchli sovuqlar kuzatilmoqda. Bu mamlakatda qor bo‘ronlari davom etmoqda va sovuqdan 7 kishi halok bo‘lgan.
Germaniya janubidagi tog‘li hududlarda harorat Selsiy bo‘yicha minus 26 darajani ko‘rsatmoqda, ba’zi trassalarda muzlash tufayli avtomobillar harakatlanishi to‘xtatilgan.
Chexiya poytaxti Pragada o‘tgan tunda qish boshlanganidan buyon eng sovuq harorat qayd etildi. Bu davlatda sovuq havo 3 kishini hayotdan olib ketdi.
Bolgariyada 3 nafar muhojir sovuq tufayli halok bo‘lgan.
Istanbulda yoqqan qor balandligi 40 santimetrni tashkil qilmoqda. Yo‘llardagi yaxmalak ko‘p sonli YTHlarga sabab bo‘lgan.
Moskvadagi favqulodda sovuq harorat natijasida 62 nafar kishi jabrlandi. 6 yanvar kuni termometr 30 daraja ko‘rsatkichdan pastlagan. Rojdestvo kechasida so‘nggi 120 yil ichidagi eng sovuq harorat (-29,8 daraja) qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi