Turkiyaga rafiqasi va 3 farzandi bilan qochoq sifatida kelgan suriyalik Izettin Ahmedning 7 yoshli o‘g‘li vafot etdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Gap shundaki, Suriyadagi urush sabab ushbu oila tinchlik ilinjida Antaliyaga keladi va Gyuzeloba tumani hududiga joylashadi. Oilasini boqish uchun 30 yoshli Izettin ijara uyiga yaqin joydagi qurilish tashkilotlaridan biriga ishga kiradi.
Shu yilning 1 yanvarida oiladagi eng katta farzand, 7 yoshli Alining harorati keskin ko‘tariladi. Izettin Ahmed farzandini shifokorlarga ko‘rsatish maqsadida Antaliya ilmiy-tadqiqot markazi shifoxonasiga olib keladi. Biroq bemorning shaxsini tasdiqlovchi hujjati, majburiy tibbiy sug‘urta qog‘ozi bo‘lmagani sabab shifokorlar uni ko‘rikdan o‘tkazishdan bosh tortishadi.
Shundan so‘ng, ota-onasi uni Syutchyuler Davlat shifoxonasi, Otaturk gospitali, Ona va bola shifoxonalariga olib borishadi, ammo hammasidan bir javobni eshitishadi.
Antaliyadagi to‘rtta yirik tibbiyot muassasalaridan qaytarilgan Ali uyga kelib, uxlab qolgan va qaytib ko‘zlarini ochmagan.
Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, Alining ahvoli juda og‘ir bo‘lgan. Uyga qaytishgach, u uyquga ketgan va soat 05:00 da bolakayning joni uzilgani payqalgan.
Afsuski, 7 yoshli suriyalik bolakayga Antaliyadek katta shahardagi biror shifoxonada joy topilmadi. Bolakay vafotidan so‘ng bir joygagina qabul qilindi. U ham bo‘lsa – sud-tibbiy ekspertizasi.
Qiziq, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, majburiy sug‘urta qog‘ozi bo‘lmagan bolalarning davolanishga, yashashga haqqi yo‘qmi? Bu birgina Alining taqdiri bilan bog‘liq voqea, xolos. Turkiyadagi boshqa qochoqlarning holi ne kechmoqda? “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi