AQSh harbiy-havo kuchlarining B-52 strategik bombardimonchi samolyoti o‘quv parvozini amalga oshirayotgan chog‘da kutilmagan hodisa ro‘y berdi. HHK qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, samolyotning dvigateli Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot bazasidan 46 km shimoli-sharqda qanotidan tushib ketgan, deya yozadi Kun.uz sayti.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan jabrlanganlar yo‘q. Dvigatelidan mahrum bo‘lgan samolyot erga hech qanday talofatsiz qo‘ngan. Yadro kallaklari o‘rnatilgan bombalarni elta oladigan B-52 samolyotiga Pratt & Whitney kompaniyasida ishlab chiqilgan 8ta turbovintli dvigatel o‘rnatilgan. Samolyotning parvozi chog‘ida, uning bortida 5 kishidan iborat ekipaj a’zolari bo‘lgan.
Hozirda surishtiruv ishlari borilmoqda hamda hodisa sabablari aniqlanayapti. Erga qulagan dvigatel topilgan va yig‘ib olingan, deb yozgan Defense News haftaligi elektron nusxasida.
B-52 samolyoti – Amerikaning eng keksa og‘ir, uzoq masofaga ucha oladigan bombardimonchi havo layneridir. U 1955 yildan beri harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Hozirda, AQSh HHK tarkibida 76 ta shu rusumdagi samolyot mavjud. Ularning har biri 31,5 tonn qanotli raketalar, bomba va minalarni tashiy oladi. Ular 2040 yilgacha foydalanilishi taxmin qilinyapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?