Tadbirkor Jovenel Moiz seshanba kuni vaqtinchalik saylov kengashi tomonidan noyabrda o‘tgan saylovlar yakuniga ko‘ra rasman Haiti prezidenti deb e’lon qilindi. U “Tet kali” partiyasi vakili hisoblanadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Kengashning xabar berishicha, Moizga saylovchilarning 55,6 foizi ovoz bergan. Bu esa u birinchi tur yakuniga ko‘ra g‘olib chiqqanidan darak beradi. Shu tariqa, kengash ovoz berish jarayonida hiyla-nayranglar ishlatilgani borasida bayonot bergan muxolifat nomzodlarining shikoyatini e’tiborsiz qoldirdi.
Moiz – 48 yoshli tadbirkor bo‘lib, uning oilasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Davlatning yangi rahbari 7 fevral kunidan vazifasini bajarishga kirishadi.
Ma’lumot uchun, Haitida saylovlarning birinchi turi 2016 yilning oktyabrida o‘tkazildi, biroq keyinroq uning natijalari saylovoldi kurashda adolatsiz usullarning ishlatilishi va xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilindi. Yangi saylovlar o‘tgan yilning 9 oktyabriga belgilandi, ammo mamlakatga yopirilgan “Metyu” dovuli sabab ortga surildi. Tabiiy ofat 573 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi