13:37 / 26.12.2016
8 706

Donald Tramp Amerika qonunlarini o‘zgartirmoqchi

Donald Tramp Amerika qonunlarini o‘zgartirmoqchi

AQSh kongressining sobiq spikeri Nyut Gingrich AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning amaldagi rahbari Barak Obama tomonidan imzolangan qonunlarning deyarli 70 foizini bekor qilishi haqida xabar qildi. Bu haqda sobiq spiker 25 dekabr kuni “Fox” telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida ma’lum qildi.

“Barak Obamaning 60-70 foizga yaqin qarorlari Donald Tramp tomonidan butunlay yo‘q qilinadi”, deydi Gingrich.

Shuningdek, Nyut Gingrich Tramp Demokratlar partiyasi vakillari bilan aloqa o‘rnatishi ham mumkinligini qo‘shimcha qildi. Bu esa respublikachilar partiyasining hayratiga sabab bo‘lishi tabiiy. Ammo bu harakatlar orqali Donald Tramp Oq uy va Senatda o‘z tarafdorlari sonini ko‘paytirishi mumkin.

Nyut Gingrich o‘z chiqishi davomida Berlinda va dunyoning boshqa mamlakatlarida ro‘y bergan terakt yana bir bor IShIDga qarshi samarali kurash strategiyasini tuzishni taqozo etayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp 2017 yilning 20 yanvaridan rasman AQSh prezidenti sifatida ish boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Amerika qonunlarini o‘zgartirmoqchi