Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Qora dengizda qulab tushgani bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, RF Jinoyat Kodeksining 351 moddasi bo‘yicha (parvoz qoidalarini buzish, og‘ir oqibatlarga olib keluvchi holatlar) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
U ayni vaqtda hujjatlar tayyorlanayotgani haqida qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, samolyoti yoqilg‘i quyish uchun qo‘ngan Sochi aeroporti rahbariyati va xodimlari so‘roq qilinmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligining TU-154 samolyoti Sochidan bugun, mahalliy vaqt bilan soat 5:20da parvozga chiqib, 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qoldi. Uning bortida 92 kishi bo‘lgan: 9 jurnalist, Aleksandrov ansambli qo‘shiqchilari va sozandalari hamda ekipajning 8 a’zsoi. Artistlar Suriyaga, "Xmeymim" aviabazasidagi harbiylarga Yangi yil konserti uyushtirish uchun ketayotgandi. Samolyot Qora dengiz qirg‘oqlaridan uzoqlashmasdan qulagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi