Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti yo‘lovchilaridan birining jasadi Qora dengiz hududida topildi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
"Sochi qirg‘oqlaridan 6 kilometr ichkarida Tu-154 samolyoti qulashi tufayli qurbon bo‘lgan yo‘lovchilarning biri jasadi topildi. Jasad qutqaruv kemasiga olib chiqilgan", — deya ma’lumot bergan Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari general-mayor Igor Konashenkov.
Adler aeroportidan uchib chiqqan samolyot bortida Rossiya havo-kosmik kuchlarining Suriyadagi Xmeymim aviabazasida xizmat o‘tayotgan aviaguruhni Yangi Yil bilan tabriklashga yo‘l olgan Aleksandrov nomli ansambl musiqachilari, harbiy xizmatchilar va 9 nafar jurnalist bor edi.
Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lganidan bir muddat o‘tib Sochi qirg‘og‘idan 1,5 kilometr ichkarida, Qora dengizda 50–70 metr suv ostida samolyot korpusining bo‘laklari topildi.
Tergov qo‘mitasi vakili Svetlana Petrenkoning ma’lum qilishicha, samolyot bortida 83 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat joyida qidiruv-qutqaruv operasiyasi o‘tkazilmoqda, unda mudofaa vazirligi favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi