AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat harbiy ehtiyojlari uchun pul mablag‘lari ajratish bo‘yicha qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.
Mazkur qonun, Rossiya bilan harbiy hamkorlikni chelashni ham nazarda tutadi.
«AQSh mudofaa vazirligining 2017 moliyaviy yilgi ehtiyojlari uchun ajratilgan mablag‘lar AQSh va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik uchun yo‘naltirilishi mumkin emas. Faqatgina, mudofaa vaziri davlat kotibi bilan hamkorlikda Rossiya Ukraina va NATO a’zolarining suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan tahdid qilishga chek qo‘ygani xususida Kongressning maxsus qo‘mitasiga hisobot topshirgan taqdirdagina, bunga yo‘l qo‘yiladi», — deyiladi hujjatda.
Unda ta’kidlanishicha, Rossiya Ukraina masalasi bo‘yicha Minsk kelishuvlarini bajarishi kerak.
Shu bilan birga, hujjatda yozilishicha, «mazkur cheklovlar AQShning qurol-yarog‘lar nazorati va tarqatmaslikka oid hamda boshqa mazmundagi ikki tomonlama va xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qila olmayd».
Qonun bandlari, shuningdek, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi harakatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan choralariga nisbatan ham qo‘llanilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi