22:12 / 21.12.2016
6 855

Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga o‘limidan keyin oliy unvon berildi

Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga o‘limidan keyin oliy unvon berildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Turkiyada o‘ldirilgan elchisi Andrey Karlovga o‘limidan keyin Rossiya Qahramoni unvonini berdi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.

"Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ko‘rsatgan matonati va jasurligi, Rossiyaning tashqi siyosiy kursini amalga oshirishdagi katta hissasi uchun Karlov Andrey Gennadevichga (o‘limidan keyin) Rossiya Federasiyasi Qahramoni unvoni berilsin", deb aytilgan farmonda.

Karlov 19 dekabrda Anqarada fotoko‘rgazma ochilishida nutq so‘zlayotganda otib tashlangan. Ushbu hujum Rossiya tashqi ishlar vazirligida terakt deb tasniflangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga o‘limidan keyin oliy unvon berildi