13:55 / 21.12.2016
6 058

AQSh Yaponiyaga erlarini qaytarib berishi haqida ma’lum qildi

AQSh Yaponiyaga erlarini qaytarib berishi haqida ma’lum qildi

AQSh Yaponiyaning eng janubiy prefekturasi Okinava ma’muriyatiga shu nomdagi orolning bir qismini qaytarish berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti. U erda amerika harbiy ob’ektlari joylashgan. Okinavadagi amerika kontingentining rasmiy bayonotiga ko‘ra, bunga kerakli bo‘lgan barcha jarayon yakuniga etkazilgan.

"Okinavadagi mashg‘ulotlar poligonini qisqartirish bizning Yaponiya hukumati va o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari bilan hamkorlikda ish olib borishimizga ta’sir ko‘rsatmaydi", - deya AQShning Okinavadagi kontingenti qo‘mondoni Lourens Nikolsonning so‘zlarini keltiradi Kyodo agentligi. Uning ta’kidlashicha, AQSh kelajakda Yaponiyaga harbiy bazalarni joylashtirishga erlarni qaytarib berish siyosatini davom ettiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qaytariladigan hududlar Kunigami va Xigasi qishloqlari orasidagi to‘rt ming gektarlik erdan iborat. Bu joylar umumiy maydoni 7,8 ming gektar bo‘lgan shimoliy mashg‘ulot poligoni tarkibiga kiradi.

Hududlarni qaytarish haqidagi bitim 1996 yilda imzolangan, biroq 2002 yilda uni amalga oshirish jarayoni noma’lum muddatga qoldirildi. Hujjatga ko‘ra, Yaponiya shimoliy mashg‘ulot poligonida AQSh qurolli kuchlariga mo‘ljallangan oltita vertolyot maydonchalarini qurib berishi kerak. Ayni damda esa ulardan faqat ikkitasi tayyor, qolgan ob’ektlarni qurish keyingi yilning yozidan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Okinava oroli ustidan nazorat AQShga Ikki jahon urushidan so‘ng o‘tgan. Yaponiya 1972 yilda Okinavani qaytardi, biroq bu janubiy orol AQShning sharqiy Osiyodagi harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘riladigan maydoni bo‘lib qolaverdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Yaponiyaga erlarini qaytarib berishi haqida ma’lum qildi