10:01 / 20.12.2016
5 429

Tramp Rossiya saylagan prezident?! Xalq emas, endi saylovchilar kollegiyasi prezidentni saylaydi

Tramp Rossiya saylagan prezident?! Xalq emas, endi saylovchilar kollegiyasi prezidentni saylaydi

AQShda saylovchilarning ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi va unda 45-prezidenti kim bo‘lishi aniqlanadi. Amerika xalqi emas, balki saylovchilar kollegiyasi davlat rahbarini saylash masalasida nuqta qo‘yadi.

Kollegiyaning 538 a’zosi odatda ommaviy ovoz berish natijalariga qarab o‘z tanlovlarini e’lon qilishadi, biroq bir martta ular boshqa yo‘ldan borishgan. O‘shanda yutqazgan kanditat tanlangan va u hokimiyatni qo‘lga kiritgandi.

Saylovchilar o‘z shtati poytaxtida plebissitning 41-kunida ovoz berishadi. 29 shtatda qonun ularning ko‘pchilikka bo‘ysunishini buyuradi (uni buzganlar 1 ming dollar jarima to‘lashadi), biroq boshqa shtatlarda ular bu qonunni buzishlari va aynan saylovda kam ovoz olib, yutqazgan kandidatni qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Amerika siyosati bunday saylovchilarni “noxolis” deb ataydi.
1836 yilda Virjiniyada kollegiya omma fikriga qarama-qarshi borib, saylovchilarning ko‘p ovozini ololmagan kandidat Richard Mentor Jonsonga o‘z xayrixoxliklarini bildirishgan. Shundan buyon ular xalq fikriga qarshi borishmagandi. Biroq bugun ular shu haqda astoydil so‘rashmoqda.

Umidsizlik ovozi

5 mingdan ziyod odam Change.org saytidagi petisiya ostida imzo chekib, kollegiya a’zolarini aynan Xillari Klintonga ovoz berishga chorlashgan. Amerika etakchi nashrlari ham bu olovga yog‘ sepish bilan bandlar, ular 8 noyabrdagi saylov natijalari xolisligiga shubha bildirishmoqda. Masalan, The Washington Postda chop etilgan maqolalarda SRUning maxfiy xizmati Kremlning saylov jarayoniga aralashib, masalani Donald Tramp foydasiga hal etganligiga doir fakt borligi haqida yozishgan. Shuningdek Rossiyaning AQSh Demokratik partiyasi serverlarini buzganligi xususida CNN va ABC xabar bergan. Tramp inaugurasiyasiga to‘sqinlik qilish maqsadida xollivud akteri Martin Shin va mashhur musiqachi Mobi “Amerika uchun birlashing” aksiyasini o‘tkazishgan hamda elektoral komissiyasiga videomurojaat yozib, unda Trampni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirishgan. Garchi Xillarining o‘zi yutqazganligini tan olsada, biroq demokratlar hali qurollarini tashlamoqchi emaslar. Ular Tramp prezident bo‘lishini istashmasligini ochiq aytishgan. Tramp bu gap-so‘zlarga quyidagicha javob bergan: ”Agar mening ko‘plab tarafdorlarim ham o‘zlarini saylovda yutqazib o‘tirgan odamlardek tutib, boshqalarni qo‘rqitishganda, hamma ulardan jirkanib, masxaralagan bo‘lardi!”.

Talablarga javob bermaydi

Bu kabi ish uslubi o‘z natijasini berdi. Kamida 6 nafar saylovchi Donald Tramp uchun ovoz bermasligini aytgan. Ularning aytishicha, 20 dekabrda hammasi Xillari Klinton foydasiga hal bo‘ladi. Buyam etmagandek Bret Chayfalo o‘z hamkasbi Maykl Bak bilan birgalikda boshqalar fikrini ham Trampga qarshi qilishga jon-jahdi bilan harakat qilishini ma’lum qilgan. Yana bir respublikachi Kris Suprun elektoral komissiya tarkibida Trampga ovoz berishdan bosh tortgan. Uning fikricha Tramp munosib prezident emas.

“Tramp yana va yana bizning talablarga to‘g‘ri kelmasligini ko‘rsatayapti. Uning omma oldidagi chiqishlarini inobatga olgan holda, saylovchilar kollegiyasi ushbu holatga ko‘z yumgan bo‘lishi mumkin, biroq bugun u rad etilishi kerak”, deb hisoblaydi Suprun.

Chidab bo‘lmas g‘alaba

Boshlanishiga elektoral komissiya majlisi biroz kechiktirilishi kerakligi haqida kongressmen Don Beyer fikrlagan. “Maxsus xizmat xodimlari ma’ruzasiga ko‘ra, xorijlik o‘zga kuchlarning saylovga aralashgani isbotlangan. Men kongressni har bir saylovchi ushbu ma’ruza xulosalari bilan yaqindan tanishib chiqqunlariga qadar kechiktirib turishni so‘ragan bo‘lardim”, deb yozadi u Twitterda. Kongressmenning fikriga qo‘shilganlar talaygina. Bu haftada Vashington markazida amerikalik yoshlar “Demokratiyani himoya qilamiz” degan yozuvli plakatlar ko‘tarib, shu jumladan hukumatni saylovchilarni boshqatdan ovoz berishga ruxsat berishga chorlashgan. Shunisi qiziqki, Barak Obamaning o‘zi eng oxirgi matbuot konferensiyasida saylovchilar kollegiyasini o‘tmish sarqiti deb atagan: “elektoral kollegiya aslida federal hukumat qanday ishlashi kerakligiga oid eng dastlabki qarashlar qoldig‘i sanaladi”.

Bo‘lg‘usi prezident

Biroq Xillari Klintonning tarafdorlaridan sanalmish Obama, Beyer, Suprun va yana 66 mln amerikaliklarning sa’y-harkatiga qaramay, Trampga 306 saylovchi ovoz bergan, Klintonga esa bor-yo‘g‘i 232. Trampni prezidentlikdan olib tashlash uchun esa kamida 37 nafar saylovchini fikridan qaytarish kerak. Bu ozmuncha son emas, biroq Demokratik partiyaning manbalari, o‘ziga yarasha «qurollari» ham kam emas. Amerika yana bir bor dunyoni hayratlantira olarmikan? Buni vaqt ko‘rsatadi. Bugun 538 saylovchi ovoz berishi kerak. Ular bu ishni nechog‘lik xolis qilishganini esa natijalar qayd etilgan sertifikatlar kongressga jo‘natilgach ma’lum bo‘ladi. Yanvarda esa ikkalla parlament palatalari bu ovozlarni sanab, Qo‘shma Shtatlarning bo‘lg‘usi prezidenti kim ekanligini aytishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Rossiya saylagan prezident?! Xalq emas, endi saylovchilar kollegiyasi prezidentni saylaydi