23:04 / 19.12.2016
8 984

Saddam Husaynni so‘roq qilgan AQSh «SRU» tergovchisi barcha yolg‘onlarni fosh qildi

Saddam Husaynni so‘roq qilgan AQSh «SRU» tergovchisi barcha yolg‘onlarni fosh qildi

Saddam Xusayn qatl etilganidan 10 yil o‘tib, iroq rahbarini shaxsan so‘roq qilgan SRU tergovchisi Jon Niksonning kitobi chop etiladi. Unda Amerika maxsus xizmati xodimi Vashingtonning amerikaliklarga Xusayn haqidagi aytgan har bir so‘zi yolg‘on bo‘lganligini ta’kidlaydi. Jumladan, uning so‘zlariga ko‘ra Bog‘dod hech qachon na AQSh, na o‘z qo‘shnilariga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni rejalashtirmagan. Saddamning o‘zi esa deyarli davlat boshqaruvini tashlab qo‘ygandi. Bundan tashqari Saddam Iroqdagi xukumat o‘zgartirilishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantiradi.

“Bu voqea 2003 yilning 13 dekabrida sodir bo‘ladi (Saddam Xusayn hibsga olingan kun). Bu vaqtda mening Iroqqa kelganimga sakkiz hafta bo‘lgandi. Biz Saddam va uning hamtovoqlariga olib boradigan kalavaning uchini qidirardik”,-Niksonning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
O‘shanda Iroq yo‘lboshchisi tuzumiga qarshi qaratilgan urush boshlanganligiga 9 oy bo‘lgandi. Amerika harbiylari kichik bir er osti bunkerlaridan biridan soqolli bir erkakni ushlashadi. Aynan Jon Nikson uning badanidagi tatuirovka hamda o‘qdan qolgan chandiqlarga qarab Xusaynni tanib qoladi.

Birinchi afsona. Saddamning qiyofadoshlari

Niksonning aytishicha, o‘z xavfsizligini o‘ylab Saddam Xusayn bir nechta qiyofadoshlariga ega bo‘lganligi haqidagi xabar ham aslida uydirma bo‘lgan.
“Ravzedkada ishlaganlar uchun bu gap rosa kulguli tuyulgan. Shundan so‘ng men savollar tuzishga kirishdim”,-so‘zlab berdi SRU xodimi.

Ikkinchi afsona. Jangarilar bilan aloqa

So‘roq chog‘ida Xusayn “Iroq-bu jangarilar millati”, emas dedi. “Biz hech qanaqasiga Ben Laden bilan aloqador emasmiz hamda o‘z qo‘shnilarimizga hech qanday xavf solmaymiz”,-degandi Iroq yo‘lboshchisi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorga oid savolga javoban u shunday dedi:”Siz bu ishga kimlar jalb etilganiga qarang, jangarilar qaysi davlatdan kelishgan? Saudiya Arabistoni. Nega siz aynan men bu ishga aloqadorman, deb o‘ylayapsiz?”. Niksonning aytishicha, boshida hatto Xusayn Nyu-Yorkdagi fojia tufayli AQSh va Iroq aloqalari yaxshilanishiga ishongan. Chunki endi Vashingtonga radikallar bilan jangda ittifoqchilar kerak bo‘lishi mumkin edida. “U qanchalik adashgan edi”,-qo‘shimcha qiladi SRU tergovchisi.
Eslatib o‘tamiz, 2006 yilning 9 sentyabrida AQSh senatining razvedka bo‘yicha dokladida Saddam Xusaynning “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti bilan umuman aloqasi bo‘lmaganligi, uning asoschisi Usama ben Laden ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Uchinchi afsona. Ommaviy qirg‘in quroli

Bundan tashqari Saddam Xusayn Bog‘dod hech qanday ommaviy qirg‘in quroliga ega emasligini ta’kidlagan. O‘shanda AQSh IROQni aynan shunda ayblagan.
“Lekin Amerika prezidenti (Jorj Bush-kichigi) Iroq bunday qurolga ega va u uning davlatiga hujum qilishni xohlashi haqida gapirganini”,- aytib o‘tadi hibsga olinganining ilk kunidagiyoq.

Iroq rahbari


- “Biz hech qachon bunday qurol ishlatish fikrida bo‘lmaganmiz,-qo‘shimcha qildi u.-Bu gap hatto muhokama ham qilinmagan. Kimyoviy qurolni butun dunyoga qarshi qo‘llashmi? Bu ishni qilishga bel bog‘laydigan mard topiladimi-yo‘qmi o‘zi?”.

Eslatib o‘tamiz, 2003 yilning 14 fevralida Saddam Xusayn ommaviy qirg‘in qurolini olib kirish, ishlab chiqarishni ta’qiqlovchi qarorga imzo chekadi, biroq bu sa’y-harakat Vashingtonga kamdek tuyuladi. 18 martda Bush xalq oldida chiqish qilib, Xusaynning 48 soat ichida mamlakatni tark etishi haqida shart qo‘yadi.

To‘rtinchi afsona. Zolim o‘gay ota


Amerikalik ekspertlar keltirgan yana bir afsona bu Saddam Xusaynning o‘gay otasiga tegishli bo‘lgan. Aytishlaricha, u bolaligida Saddamni obdon kaltaklagani bois ham u shunday zulmkor, shafqatsiz hukmdor bo‘lib qolgan va u nima bo‘lgan taqdirdayam ommaviy qirg‘in qurolini qo‘lga kiritib, hammadan o‘ch olishni ko‘zlagan ekan. Shunga qaramay, Xusayn so‘roq chog‘ida Niksonga o‘gay otasi u uchratgan dunyodagi eng mehribon inson bo‘lganligini aytadi. “Ibrohim Xasan, Olloh uni rahmatiga olgan bo‘lsin, menga o‘z sirlarini ishonib aytgan. Men unga o‘z o‘g‘lidan yaqinroq bo‘lganman”,-hikoya qiladi u.

Beshinchi afsona. Temir panja

“U davlatni temir panja bilan siquvga olib boshqargani haqidagi taxminlar ham o‘z tasdig‘ini topmadi”,-davom etadi tergovchi. Bu Saddamni so‘roq qilish jarayonida aniqlangan. Xusayn so‘nggi yillarda hukumatda muhokama etilayotgan masalalarga befarq bo‘lgan. U butun vaqtini romanlar yozishga bag‘ishlagan hamda davlatda nimalar sodir bo‘layotganidan bexabar bo‘lgan.

Saddamning murojaati

- Saddam Xusayn Amerika xukumatiga murojaat etib jumladan shunday degan:”Siz tanazzulga yuz tutasiz. Siz Iroqni boshqarish oson emasligini tushunib etasiz. Siz bu yurtning tili, tarixi, bizning dunyoqarashimizni bilmaysiz. Tariximiz hamda iqlimimizni bilmay turib, iroqliklarni tushunish mushkildir”.

BUSh UChUN TAXMINIY FIKR

Iroq prezidenti qatl etilganidan bir qancha vaqt o‘tib AQSh prezidenti Jorj Bush – kichigi bilan shaxsan suhbatda Nikson Xusayn bilan tanishuvning butkul boshqachasini keltiradi.

“Men u so‘roq vaqtida o‘zini kamtarona tutib, o‘z-o‘ziga tanqidiy nazar bilan qarashi haqida gapirdim. Lekin prezident menga shunday qattiq qaradiki, go‘yoki yana bitta shunaqa so‘z uni o‘zidan chiqishiga turtki berishini ko‘zlari bilan ma’lum qildi. Shunda men darhol fikrimni o‘zgartirib, Saddam zaharxandalik bilan gapiradigan kibrli va o‘ta shafqatsiz odam bo‘lgan, dedim. Bu gap Bushni biroz tinchlantirdi”,-xotirlaydi u.

“Chiqib ketayotganimda Bush to‘satdan, “U sibir yazvasi joylashtirilgan shisha qutilarni qayerda saqlashini rostanam aytib bermadimi?”, deb so‘rab qoldi. O‘sha erdagilarning hammasi gur etib kulib yuborishdi. Lekin menimcha kulguga hech qanaqa o‘rin bo‘lmagan. O‘sha urushda Amerika 4 ming jangchisini yo‘qotgan”,-yozadi Jon Nikson.

U aslida “shafqatsiz yakka hukmdor”ni oqlash fikridan yiroq, biroq uni taxtdan ag‘darish bu qadar sa’y-harakat, undan so‘ng Iroqni qayta tiklash uchun trillionlab dollar sarflanishiga arzimasdi.

PAUELL ShIShA QUTISI

Eslatib o‘tamiz, 2001 yilda AQSh davlat kotibi Kolin Pauell Iroqqa qarshi qo‘llanilgan iqtisodiy sanksiyalar Saddam Xusaynni ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish fikridan qaytarganligi haqida aytib o‘tadi. Oradan biroz vaqt o‘tib u yanayam ishonchli bo‘lishi uchun BMT Bosh assambleyasida Iroqda amerikalik razvedkachilar tomonidan topilgan go‘yoki biologik quroli mavjud shisha qutini ommaga taqdim etadi. Biroq keyinroq uning yolg‘onligi isbotlangan.

RTnews ma’lumotlari asosida tayyorlandi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saddam Husaynni so‘roq qilgan AQSh «SRU» tergovchisi barcha yolg‘onlarni fosh qildi