11:10 / 17.12.2016
9 893

Instagram versiyasi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari reytingi

Instagram versiyasi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari reytingi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi bo‘lsangiz va taniqli shaxslarning qaerlarda dam olishini kuzatsangiz, ularni Er yuzidagi eng hashamatli mehmonxonalar qiziqtirishining guvohi bo‘lasiz. Har holda, Instagram tarmog‘idagi eng mashhur mehmonxonalar ro‘yxatidan shunday xulosa kelib chiqadi. Bloomberg ushbu reyting bilan yaqindan tanishtirdi.

1. The Cosmopolitan of Las Vegas, AQSh

Instagram tarmog‘idagi ushbu eng mashhur mehmonxona, shubhasiz, Vegasdagi eng hashamatli mehmoxona hisoblanadi. Premium toifali, 186 kvadrat metr maydonga ega, yangi 21 nomer, shuningdek xususiy o‘yin saloni xizmatingizga muntazir.

2. Atlantis, the Palm, Dubay

Atlantis'ga 457 295 kvadrat metrli hudud kamlik qilgan ko‘rinadi - kelasi yilda uning "ukasi", 44 qavatli, 800 nomerli The Royal Atlantis mehmonxonasi bunyod etiladi. Bu erdagi Ambassador suv osti dunyosida esa skatlarni (dumi ingichka, yapaloq dengiz balig‘i) tomosha qilib, vaqtingizni mazmunli o‘tkazasiz.

3. Fontainebleau Miami Beach, AQSh

Fontainebleau mehmonxonasida yilning eng unutilmas suratini olish uchun hali vaqtingiz bor: bu erdagi Yangi yil bayram dasturida mehmonlar Jastin Biberning qo‘shiqlarini tinglashlari mumkin bo‘ladi. Bu Mayami-bich tungi hayotining ajoyib kadrlaridan biri, xolos: mashhur Liv klubi hamda Hakkasan va Michael Mina 74 kabi hashamatli restoranlar ham mijozlarga yuksak xizmat ko‘rsatishga tayyor.

4. Wynn, Las-Vegas

Vegasga tashrif buyurgan mehmonlarning aksariyati Bellagio mehmonxonasi shiftidagi musavvir Chixulining san’at namunalarini suratga olib, Instagram'ga yuklaydi. Biroq ijtimoiy tarmoqlar nuqtai nazaridan, Wynn mehmonxonasidagi gullar bezagi ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Bu suratga tushish uchun eng munosib joydir. Biroq u qadar taniqli bo‘lmagan yana bir maskan bo‘lib, u 12 metr balandlikdagi yorug‘lik taraluvchi sharshara atrofidagi “Orzular ko‘li” shousidir. U nimasi bilandir Bellagio favvorasiga o‘xshab ketadi, faqat undan-da zamonaviy!

5. Ushuaïa Ibiza Beach Hotel, Ispaniya

Bu mehmonxonaning top-10 ro‘yxatiga kiritilganligining o‘zi qiziq, zero u faqat yoz faslidagina mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Biroq aynan shu erda har yakshanba va dushanba kunlari David Guetta yoki Avicii kabi DJ‘larni uchratish mumkin. Ushbu go‘zal maskanda Instagram’ga kirishni o‘ylamang ham, chunki zerikishga aslo vaqtingiz bo‘lmaydi.

6. Venetian, Makao

Buyuk Kanallarning ajoyib surati ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yishi mumkin: Bu axir Vegas-ku! Yoki Italiyami? Nahotki bu Osiyo bo‘lsa?! Ortiqcha savolga o‘rin qolmasligi uchun o‘z folloverlaringizni Venetian mehmonxonasi yonidagi xitoycha belgilar suratlari bilan ajablantiring. Bundan tashqari, mehmonxona Duty Free’sida Celine sumkasini xarid qilish va Eyfel minorasining nusxasi fonida suratga tushish mumkin.

7. Aria Resort & Casino, Las-Vegas

Aria’da yutish uchun har bir taom o‘ziga xos tarzda uzatiladigan Carbone restoraniga kiring. Bundan tashqari, mehmonxonada haftada to‘rt marta “Cirque du Soleil” shousi taqdim etiladi.

8. Atlantis Hotel & Casino, Paradayz oroli, Nassau, Bahama orollari

Ushbu majmua 9 mehmonxona, shuningdek, 20 hovuz, 21 restoran va 19 barni o‘z ichiga oladi – ijtimoiy tarmoqlarda uning suratlari ko‘pligi bejiz emas. Diqqatingizni eng hashamatli qarorgoh — Cove Club’ga qarating. Mukammal fotosessiya uchun bundan yaxshi joy yo‘q.

9. Hard Rock Hotel & Casino, Punta-Kana, Dominikan respublikasi

Hard Rock’da kunni ovoz yozish studiyasida o‘tkazish va ehtimol, YouTube’dagi eng talabgor xitlarni yaratish mumkin. Musiqaga qiziqmaysizmi? Moon Pool hovuzi — #sunset xeshtegi bilan eng mashhur suratlarni joylashtirish uchun diqqatga sazovor joylardan biri.

10. W Barcelona, Ispaniya

Bu ajoyib mehmonxona o‘zining go‘zal manzaralari bilan mashhur. U Barceloneta qirg‘og‘i burchagida elkan shaklidagi binoda joylashgan. Suratlaringiz betakror chiqishi uchun yuqori qavatlardan birini band qiling yoki mehmonxona tomida joylashgan barga chiqing, bu erlardan ko‘rinadigan shahar va dengiz manzaralari bir umr yodingizda muhrlanib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Instagram versiyasi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari reytingi