Isaak Nyutonning «Tabiiy falsafaning matematik boshlanishlari» kitobining noyob, ilk nashri Christie's kimoshdi savdosida 3,7 million dollarga sotildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Kitob 1687 yilda bosmadan chiqqan bo‘lib, unda olam tortishish qonuni va harakatning uch qonuni aniq tushuntirib berilgan. Ular hozir Nyuton nomi bilan yuritiladi. Albert Eynshteyn o‘z vaqtida bu ishni «ehtimol, insoniyatning eng buyuk intellektual yutug‘i», deb baholagan.
Savdolar oldidan kitob 1-1,5 million dollarga sotilishi kutilgandi. Biroq nomi oshkor etilmagan xaridor 3,719 million dollar mablag‘ taklif qilgan.
«Bu faqatgina tarix va ilm rivojining bir qismi emas. Bu qachonlardir bosmadan chiqqan eng buyuk kitoblardan biri», - deb ma’lum qilgan Qirollik jamiyati kutubxonasi direktori Keyt Mur. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi