Federasiya kengashi IIVga u yoki bu qoidabuzarlik sababli Rossiyaga kirishi taqiqlangan MDH davlatlari fuqarolarining "qora ro‘yxati"ni qayta ko‘rib chiqishini so‘ramoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
"MDH mamlakatlari elchilari bu ro‘yxatga arzimagan qoidabuzarlik qilgan ko‘plab kishilar kiritilgani haqida muntazam ravishda o‘z xavotirlarini bildirishadi", — dedi Matvienko Federasiya kengashi yig‘ilishida IIV rahbari Vladimir Kolokolsevga murojaat qilib.
Matvienko gap Rossiya bilan vizasiz tartib o‘rnatgan mamlakatlar fuqarolari haqida borayotganini bildirdi.
Uning taklifi bo‘yicha Federasiya kengashi IIVga migrasion xizmatlar "barcha taqiq ro‘yxatlarini" qayta ko‘rib chiqishi hamda ro‘yxatdagi barcha shaxslarni "mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi" borasida xolisona baholashi borasida murojaat qiladi.
"Biz keyin IIVdan amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berishini iltimos qilamiz", — dedi Matvienko. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi