00:06 / 14.12.2016
7 164

Dubayning sun’iy palma orolida yirik yong‘in

Dubayning sun’iy palma orolida yirik yong‘in

Dubayning sun’iy Palm Jumeira orolidagi mashhur mehmonxonaning bir necha qavati olov ichida qoldi. Mehmonxonadagi odamlar darhol evakuasiya qilindi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video orqali yong‘in tepa qavatda yuzaga kelganini ko‘rish mumkin. Olov astalik bilan pastki qavatlarga tarqala boshlagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, yong‘in kechasi yuz bergan. Olov bir necha soat davomida o‘chirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2016 yil kirib kelishiga bir necha soat qolganida Dubayning mashhur 63 qavatli “The Address Hotel” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘lgandi. O‘shanda olov o‘nlab qavatlarni qurshab olgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayning sun’iy palma orolida yirik yong‘in