22:24 / 12.12.2016
6 508

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari beparvoligi uchun sudlanadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari beparvoligi uchun sudlanadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard xizmat paytida beparvolik qilganligi, bu esa davlat mablag‘lari noto‘g‘ri sarflanishiga olib kelganligi tufayli sud oldida javob beradi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

XVJ rahbari Fransiya moliya vaziri bo‘lgan yillarda (2007–2011) biznesmen Bernar Tapiga davlat mablag‘lari hisobidan asossiz ravishda 400 million evro to‘lanishiga sababchi bo‘lganlikda aybdor deb hisoblanmoqda.

90 yillar boshida Bernar Tapi Adidas’dagi ulushi Credit Lyonnais bankiga sotilganidan so‘ng davlatdan tovon puli talab qilgan edi. Biznesmen davlat banki uni aldaganini uqtirib kelayotgan edi. Tapi va bank o‘rtasidagi bahs Fransiya moliya vazirligi nazorati ostida o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra 2008 yilda tijoratchi hakamlik sudi orqali davlat byudjetidan 400 million evro miqdorida tovon puli undirdi.

Sud 12 dekabr kuni boshlanib, 20 dekabrga qadar davom etadi. Lagardning aybi isbotlansa, u bir yillik qamoq jazosiga hamda 15 ming evro miqdoridagi jarimaga hukm etilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari beparvoligi uchun sudlanadi