19:12 / 30.11.2016
7 499

Putin Tramp bilan telefon muloqoti tafsilotlarini aytib o‘tdi

Putin Tramp bilan telefon muloqoti tafsilotlarini aytib o‘tdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi saylangan prezidenti Donal Tramp bilan yaqindagina telefon orqali muloqot qilgani tafsilotlari haqida gapirdi.

RIA «Novosti» agentligi xabarida keltirilishicha, Rossiya va Amerika munosabatlarining hozirgi holati qoniqarli emasligi bo‘yicha ularning fikri bir joydan chiqqan.

«Bir muddat oldin janob Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashganimizda Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati qoniqarli emasligi to‘g‘risida umumiy fikrda ekanimiz ayon bo‘ldi. Biz bu vaziyatni to‘g‘rilash zarurligi haqida so‘zlashdik. Men avval ham aytganimdek, bizning davlatimiz bu borada qadam tashlashga tayyor», — degan Putin.

Putin AQShdagi prezident saylovlarida Trampning g‘alaba qozongani ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanishiga umid tug‘dirganini aytib o‘tgan.

«Hozir, AQShda va Oq uyda saylovoldi kampaniyasi davridagi shovqinlar bosilganidan keyin qo‘shma shtatlarga yangi prezident keladi. Men ishonishni istardimki, buning ortidan munosabatlarni yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Bu nafaqat ikki mamlakat xalqi uchun, balki xalqaro maydondagi barqarorlik va tinchlik ta’minlanishi uchun ham muhimdir», — degan Rossiya rahbari.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Tramp bilan telefon muloqoti tafsilotlarini aytib o‘tdi