Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hukumat Xalqaro valyuta jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash evaziga millionlab ukrain oilalariga aziyat etkazayotganini tan oldi. U bu haqda Qadr-qimmat va erkinlik kuni munosabati bilan xalqqa murojaatida aytib o‘tdi.
Poroshenkoning aytishicha, iqtisodiyotda defolt va falokatdan qutulish uchun hukumatda qat’iy va nomashhur choralarga borishdan boshqa iloj bo‘lmagan. Uning ta’kidlashicha, xuddi shunday choralarni Ukrainaning Markaziy va Sharqiy Evropa bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan qo‘shnilari 1990-yillar boshida amalga oshirganlar.
"Biz uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘llab-quvvatlashi juda muhim bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Jamg‘arma esa hech qachon shirin dori bermaydi. Shuning uchun biz o‘zimiz istamagan holda millionlab oilalarga aziyat etkazganimizni anglayman. Buning uchun uzr so‘rash gunoh ham emas. Biroq men aminmanki, bu qabul qilingan choralarning samaradorligini yaqin orada borgan sari ko‘proq odamlar his qila boshlaydilar", deb aytib o‘tgan Poroshenko. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi