21:13 / 20.11.2016
7 140

Erdo‘g‘an NATO davlatlaridan turkiyalik isyonchilarga boshpana bermaslikni talab qildi

Erdo‘g‘an NATO davlatlaridan turkiyalik isyonchilarga boshpana bermaslikni talab qildi

NATO davlatlari Turkiyadagi harbiy davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorligi gumon qilingan harbiylarga boshpana bermasligi kerak. Bu fikr Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an tomonidan bildirildi, deyiladi "Kun" nashrida.

"NATO davlatlari boshpana so‘rash bo‘yicha murojaatlarni qabul qilmasligi kerak. Ular terrorizmda ayblanadigan kishilarni himoya qilmasligi kerak. Qanday qilib isyonda ishtirok etgan harbiy terrorist NATOga kerak bo‘lishi mumkin?", deya turkiyaliklar etakchisining so‘zlarini keltirgan AFP.

Biroz oldinroq NATOning Ramshtayndagi (Pfals eri, Raynland shahri) aviabazasida xizmat qilgan turkiyalik harbiylar Germaniyadan boshpana so‘ragani haqida xabar qilingandi.

Ularning so‘roviga Turkiyadagi siyosiy vaziyat sabab sifatida keltirilgan. Bu mamlakatda 15 iyul voqealaridan keyin 7,5 ming nafardan ortiq kishi hibs qilingan, ularning 6 ming nafardan ortig‘i harbiylar. Shuningdek, qo‘lga olinganlar orasida polisiyachilar, sudyalar va prokurorlar bor.

Deutsche Welle radiosining turk xizmati xabar berishicha, diplomatik pasportlarga ega 60 ga yaqin Turkiya fuqarosi, hukumat talabiga qaramay, hozirgacha mamlakatga qaytgani yo‘q. 15 iyuldagi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng hukumat barcha harbiy xizmatchilar va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining mamlakatga qaytishini talab qilgan edi.

7 oktyabr kuni bir necha turkiyalik diplomat Germaniyadan boshpana so‘ragani ma’lum bo‘lgandi. Ular ham mamlakatdagi voqealardan keyin vaziyat taranglashganidan xavotirga tushishgan.

Sentyabr oyi oxirida Turkiya muxolifatining yuzlab tarafdorlari va davlat to‘ntarishi tashkilotchisi sifatida qaralayotgan Fathulloh Gulenning yaqinlari Germaniyadan boshpana so‘ragandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an NATO davlatlaridan turkiyalik isyonchilarga boshpana bermaslikni talab qildi