11:46 / 11.11.2016
6 922

Fortune jurnali yil tadbirkorini aniqladi

Fortune jurnali yil tadbirkorini aniqladi

Fortune jurnali dunyoda tadbirkorlar orasidan eng yaxshilarini aniqlab oldi va «Yil tadbirkorlari» reytingini e’lon qildi. Ro‘yxat nashrning saytiga joylashtirilgan.

«Bu yilgi etakchini tanlash jarayoni bizni, 32 yosh bo‘lganiga qaramay, 375 mlrd dollarlik, 22 mlrd dollar daromad ko‘ruvchi hamda 1,8 mlrd foydalanuvchiga ega kuchli kompaniyani barpo eta olgan — Facebook rahbari Mark Sukerbergga olib keldi», — deyiladi Fortune xabarida.

Reyting mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, Sukerbergning muvaffaqiyati shuni namoyish etadiki, zamonaviy dunyo tobora ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolmoqda. Biznesda esa, internet-kompaniyalar qisqa muddatda sezilarli hududlarni qamrab olishi mumkin.

Reytingning ikkinchi o‘rnida internet bilan bog‘liq yana bir kompaniya Amazon direktori Jeff Bezos, uchinchida kosmetika va parvarish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Ulta Beauty kompaniyasi ijrochi direktori Meri Dillon joylashdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fortune jurnali yil tadbirkorini aniqladi