Angliyaning eng qadimiy mehmonxonasi Royal Clarence Devon grafligidagi Ekseter shahri markazini qamrab olgan yong‘inda butkul vayron bo‘ldi. Yong‘in ikki kundan beri to‘xtamayapti, deb xabar bermoqda "Kun.uz" sayti.
Shaharning bosh savdo ko‘chasi va cherkov o‘rtasidagi yong‘in 28 oktyabrda ertalab Castle Fine Art nozik san’at galereyasi ostida joylashgan xonalarda boshlangan. So‘ngra olov 18-asrga mansub karvonsaroy Well House Tavern’ning sobiq binosiga o‘tgan. Bu erda oxirgi yillar kafe joylashgan bo‘lgan. U erdan yong‘in mehmonxona tomiga o‘tgan.
Royal Clarence qadimiy shaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangandi. Yong‘indan so‘ng uning faqatgina old devori qoldi, biroq u ham qulab tushishi aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘t o‘chiruvchilar yaqin orada yong‘inni bartaraf etishadi. Hech kim jabr ko‘rmagan, barcha odamlar vaqtida evakuasiya qilinganlar. Yong‘in sababi hanuzgacha noma’lumligicha qolmoqda.
Royal Clarence mehmonxonasi 1769 yilda qurilgan va Angliyada mehmonxona maqomini olgan birinchi bino bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?