Noma’lum shaxslar tomonidan East River daryosi ustidan qurilgan Manxetten ko‘prigiga Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning portreti osib qo‘yildi. Kattaligi taxminan 6 metrga 10 metr keladigan portret ostiga “Tinchlik o‘rnatuvchi shaxs” degan yozuv bitilgandi.
Bu banner ko‘prikda uzoq vaqt turmadi, polisiya vakillari uni echib olishgan. Endilikda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ko‘prik va avtomobil yo‘llariga o‘rnatilgan kamera yozuvlari orqali bu ishni amalga oshirgan shaxslarn aniqlash bilan band. Bu orqali Putin portretini nima sababdan Nyu-York ko‘prigiga osilgani ham ma’lum bo‘ladi, deb xabar bermoqda "rbc.ru"
Ba’zi bir xorijiy OAVlar guvohlarning so‘zlariga tayanib, bannerni ikki noma’lum kishi osganini xulosa qilmoqda.
Shu o‘rinda qiziq bir ma’lumot. Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun 64 yoshni qarshilamoqda. Bannerning osib qo‘yilishi prezidentning tavallud kuni bilan bog‘liq deb xulosa qilish noo‘rin, biroq bu fikr ham haqiqatdan yiroq bo‘lmasligi mumkin. Sababi shu yil 15 sentyabr kuni shunga o‘xshash voqea Moskva shahrida ham sodir bo‘lgan edi. Noma’lum kimsalar Novoarbat ko‘prigiga Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning portreti tushirilgan bannerni osib ketishgandi. Bannerda esa “Qisqasi, tug‘ilgan kuningiz bilan!” degan yozuv bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi