Polisiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Sharlott shahri aholisi Lamont Skottning o‘ldirilishiga qarshi ko‘chalarga chiqqach, polisiya ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
43 yoshli afroamerikalikning o‘ldirilishi voqeasi seshanba kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergandi. Polisiya shahar shimoli-sharqida reyd o‘tkazayotganida, avtomobildan tushib kelgan qora tanli yigitni ko‘rgan. Ularga bu shaxsning qo‘lida avtomat bordek ko‘ringan.
Polisiya hisobotida "zobitga mavjud o‘lim xavfini bartaraf etish uchun" o‘t ochilgani qayd etilgan.
Polisiyachilar bu erkakka birinchi yordamni ko‘rsatishga urinishgan, ammo shifoxonada uning o‘limi qayd etilgan.
Marhumga o‘t ochgan polisiyachi ham qora tanli ekani qayd etilgan.
WSOCTV telekanali xabariga ko‘ra, Skottning oilasidagilar uning qurol olib yurmasligini, o‘sha vaqtda u o‘z o‘g‘lini maktabdan olib ketish uchun kutib turgan bo‘lganini aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!