13:00 / 20.09.2016
7 003

Xitoydagi eng boy odamning o‘g‘li o‘z itiga sakkizta iPhone 7 olib berdi (foto)

Xitoydagi eng boy odamning o‘g‘li o‘z itiga sakkizta iPhone 7 olib berdi (foto)

«Qit’a Xitoyidagi ko‘chmas mulk qiroli» Van Szyanlinning o‘g‘li, 28 yoshli Van Sisun o‘zining Koko laqabli malamut zotli iti uchun sakkizta iPhone 7 sotib oldi, deb yozadi "TJournal"ga asoslanib "Daryo" nashri.

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida itning o‘z akkaunti bo‘lib, unga 1,9 million kishi obuna bo‘lgan. iPhone 7 sotuvga chiqqan birinchi kuni itning ichida smartfoni bor deb taxmin qilingan qutilar bilan tushgan surati e’lon qilindi.

Bir yil avval Van Sisun o‘z itiga har biri 12 ming dollarlik ikkita Apple tilla soatlarini olib bergan edi.

Van Sisun — muvaffaqiyatli biznesmen va 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat xitoylik tadbirkorlardan biri. U Singapur va Londonda o‘qigan bo‘lib, Forbes versiyasiga ko‘ra, 24,2 milliard dollar davlati bilan Xitoydagi eng boy kishi bo‘lgan otasining yagona merosxo‘ridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi eng boy odamning o‘g‘li o‘z itiga sakkizta iPhone 7 olib berdi (foto)