11:25 / 20.09.2016
6 536

Shumaxerning oyoqqa turgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Shumaxerning oyoqqa turgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Nemis poygachisi, "Formula-1" tasnifining etti karra chempioni Mixael Shumaxer oyoqqa turmagan. Bu haqida VVS News'ga asoslanib "Kun" nashri xabar berdi.

Afsonaviy poygachining huquq himoyachisi 2015 yilning dekabrida 47 yoshli sportchining oyoqqa turgani haqidagi xabarni chop etgan Bunte nemis jurnaliga qarshi da’vo ishi bo‘yicha ana shunday bayonot berdi.

Ushbu vaziyatni Shumaxerning menejeri Sabina Kem ham izohladi. "Afsuski, Mixaelning qayta oyoqqa turgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ma’lumotlar asossiz. Boz ustiga bu mazmundagi xabarlar ko‘plab kishilarning qalbida yolg‘on umid uyg‘otadi", - dedi u.

Sobiq avtopoygachi hozirda o‘zining Shveysariyadagi villasida qayta tiklanish muolajalarini olmoqda. U 2014 yilning sentyabrida shifoxonadan o‘sha erga qaytgan. Eslatib o‘tamiz, Shumaxer 2013 yilning dekabrida tog‘ chang‘isida uchayotib, yiqilib tushgan va boshi bilan toshga urilgan. Ushbu baxtsiz hodisa natijasida sportchi yarim yildan ortiq koma holatida bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shumaxerning oyoqqa turgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi