15:58 / 16.09.2016
7 758

Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati majlisida qo‘mita rahbari etib saylandi

Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati majlisida qo‘mita rahbari etib saylandi

Qozog‘iston Senati (parlamentning yuqori palatasi) deputatlari mamlakat prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyevaning tashqi ishlar, muhofaza va xavfsizlik bo‘yicha palata doimiy qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlanishi uchun ovoz berishdi, deyiladi "Kun" nashrida.

"Nazarboyeva Darig‘a Nursultonovnani Tashqi ishlar, muhofaza va xavfsizlik bo‘yicha doimiy qo‘mita raisi etib saylashni taklif qilaman", - dedi palata spikeri Qosim-Jo‘mart Tokaev payshanba kuni senatning yalpi majlisida.

Senat deputatlari ushbu taklifni ochiq ovozga qo‘yish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati majlisida qo‘mita rahbari etib saylandi