15:38 / 27.02.2017
7 332

Majburiy jamoat ishlari jinoiy jazolar tizimiga kiritiladi

Majburiy jamoat ishlari jinoiy jazolar tizimiga kiritiladi

O‘zbekistonda jinoiy jazolar tizimiga «majburiy jamoat ishlari» kiritiladi. Bu haqda 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Majlisda «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Qayd etib o‘tilganidek, ushbu Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida mavjud bo‘lgan normalarning amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlaydi.

«Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni ta’minlash mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq jinoiy jazolar tizimiga «majburiy jamoat ishlari»ning kiritilishi munosabati bilan qamoq tariqasidagi jinoiy jazo bekor qilinadi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, dastlabki tergov, shuningdek fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirilmoqda», deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Shuhrat Mamajonov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddatini 72 soatdan 48 soatgacha qisqartirish, qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralariga mutanosib ravishda dastlabki tergov muddatlarining eng ko‘p muddatini 1 yildan 7 oygacha kamaytirish belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Majburiy jamoat ishlari jinoiy jazolar tizimiga kiritiladi