09:00 / 25.02.2017
7 858

O‘zbekistonda Evropa mamlakatlari tajribasi o‘rganilgan holda yangi qonun qabul qilindi

O‘zbekistonda Evropa mamlakatlari tajribasi o‘rganilgan holda yangi qonun qabul qilindi

24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Deputatlar fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Deputatlar o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini ijro etish maqsadida hamda 2017 yilga mo‘ljallangan Soliq va byudjet siyosati konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qilishdan boshladilar.

Qonun loyihasida to‘lovga oid tartib-intizomni, soliqqa oid maslahatlar berish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini, xorijiy investisiyalarga ega bo‘lgan korxonalarning huquqlari va ular faoliyatining kafolatlarini ta’minlash nazarda tutilgan. Qonun loyihasini tayyorlash chog‘ida amalda mavjud bo‘lgan muammolar tahlil etildi, Avstriya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarning hamda MDHdagi bir qator mamlakatlarning tajribasi o‘rganilib, bu pirovardida hujjatning sifatini yaxshilash imkonini berdi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, soliqqa oid maslahatlar berish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Evropa mamlakatlari tajribasi o‘rganilgan holda yangi qonun qabul qilindi