17:38 / 15.02.2017
6 371

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi teleradio sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqchi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi teleradio sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqchi

14-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlikda Koreya Respublikasi teleradiouzatish va aloqa Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Je Xong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozdi Kun nashri.

Uchrashuvda mehmon telekommunikasiyalar va teleradiouzatuv sohasining rivoji, jumladan O‘zbekistonda raqamli teleuzatish tizimini amalga tatbiq etish bo‘yicha loyihalar bilan tanishtirildi. Muloqot davomida har ikki tomonni qiziqtiruvchi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik haqida ham fikr almashildi.

Koreya Respublikasi teleradiouzatuv va aloqa qo‘mitasi davlat organi hisoblanib, teleradiouzatuv hamda telekommunikasiyalar sohasini tartibga solishga mas’ul sanaladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Koreya Respublikasi teleradio sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqchi